Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi
98 oila vaqtincha O‘sh viloyatining turli hududlariga, ba’zilari qarindoshlarinikiga, boshqalari ijaraga olingan uylarga joylashtirilgan.
Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston hududida joylashgan Barak eksklavi aholisini ko‘chirishni yakunladi. Bu haqda «ElTR» telekanali xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Barakdagi barcha uylar va ijtimoiy obektlar demontaj qilingan va Qirg‘izistonga ko‘chirilgan. 98 oila vaqtincha O‘sh viloyatining turli hududlariga, ba’zilari qarindoshlarinikiga, boshqalari ijaraga olingan uylarga joylashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston hukumati Barak evaziga Qirg‘izistonga 208 gektar yer ajratgan. Qirg‘iziston hukumati bu hududda uy-joy qurib, 98 oilani joylashtirishni rejalashtirmoqda.
Barak - umumiy maydoni qariyb 4 kvadrat kilometr bo‘lgan qishloq aholi punkti bo‘lib, u yerda turli davrlarda 1,25 ming kishi doimiy istiqomat qilgan. Bu har tomondan O‘zbekistonning Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa tumani bilan o‘ralgan Qirg‘izistonning eng yirik eksklavi edi. Barak Qirg‘izistonning asosiy hududidan 1,5 kilometr uzoqlikda joylashgan edi.

2018 yilda Qirg‘iziston va O‘zbekiston yer uchastkalarini almashish bo‘yicha kelishib oldi – O‘zbekiston Barak hududini oldi, evaziga Qora-suv tumanining Oq-Tosh qishlog‘i hokimligiga tutash ekvivalent yer uchastkasini berdi. Biroq, o‘sha paytda almashinuv amalga oshmadi.
2022 yil noyabrida Qirg‘iziston O‘zbekiston bilan hududlarni almashish bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishilganini e’lon qildi.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
08:40 / 09.07.2026
JSST Markaziy Osiyoni jazirama xavfidan ogohlantirdi
18:06 / 08.07.2026