09:00 / 23.11.2021
3524

Pepsi sport sohasi rivojiga hissa qo‘shishda davom etmoqda

Foto: Pepsi

PepsiCo'ning O‘zbekistondagi rasmiy bottleri – International Beverages Tashkent kompaniyasi mamlakatda sportning ko‘plab turlarini rivojlantirishga ko‘maklashib, eng yirik loyihalarda faol ishtirok etmoqda.

Xokkey, futbol, boks, og‘ir atletika, taekvondo – bular Pepsi savdo belgisi ko‘magi bilan yanada rivojlanib borayotgan sport yo‘nalishlarining ayrimlari, xolos.

Ma'lumki, qilichbozlik – ajoyib sport turlaridan biri va Pepsi qo‘llab-quvvatlayotgan yangi yo‘nalishlardan hisoblanadi. Mazkur tashabbus mamlakatdagi ijtimoiy jabhalarni, xususan, yoshlar, iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash, turli musobaqalar tashkillashtirishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni doirasida aholini jismoniy madaniyat va sport bilan shug‘ullanishga jalb qilish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Ushbu vazifalarni bajarish uchun International Beverages Tashkent va O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi hamkorlik Memorandumni imzoladi va ushbu yo‘nalishda ko‘plab sa'y-harakatlar amalga oshirilmoqdi.

Qilichbozlik – kompaniya qo‘llab-quvvatlayotgan yangi loyiha. Mazkur sport turi shaxsning nafaqat jismoniy rivojlanishi, balki intellektual jihatdan kamol topishiga ham xizmat qiladi. U kuzatuvchanlik salohiyati va diqqatni jamlash tezligini oshiradi, kreativ hamda tahliliy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi.

Bugungi kunda ushbu yo‘nalishdagi sportchilar orasida iqtidorli, intiluvchan yoshlar ko‘p. Buni ayollar qilichbozligi bo‘yicha Jahon kubogining kuni kecha o‘tkazilgan O‘smirlar bosqichi natijalarida ham ko‘rish mumkin. Ushbu bosqichda O‘zbekiston terma jamoasi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Yosh qilichboz – Zaynab Daybekova turnir doirasidagi yakkalik bahslarida ham yaqqol ajralib turdi va shohsupaning yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Umid qilamizki, Pepsi savdo belgisining ko‘magi yangi g‘alabalarga yo‘l ochadi, - deydi O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasining bosh kotibi Gulnora Saidova. – Sir emaski, sport bo‘yicha har qanday yutuqqa erishishda, eng avvalo, mashg‘ulotlar jarayonida kerak bo‘ladigan inventar va amunitsiyalar muhim rol o‘ynaydi. Qolaversa, mashq jarayonlari va musobaqalarni tashkillashtirishning ham ahamiyati katta.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda International Beverages Tashkent va O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi hamkorligida Ëzgi olimpiya o‘yinlarida taekvondo bo‘yicha birinchi oltin medalni qo‘lga kiritgan Ulug‘bek Rashitov bilan mamlakat bo‘ylab turne tashkil etilgan edi.

Olimpiya chempioni respublikadagi taekvondo maktablariga bordi. O‘quvchilar chempion bilan yaqindan suhbatlashib, unga o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarni berishdi. Ushbu tadbirlarda yosh sportchilarning quvonchi cheksiz ekanligini ko‘rish mumkin edi. Ularning aksariyati O‘zbekiston taekvondosi tarixining yangi afsonasi bilan sparringda ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top