Jamiyat | 17:21 / 27.10.2023
18757
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

20-22 oktabr kunlari Toshkentda Pepsi Food Fest gastronomik festivali bo‘lib o‘tdi

Foto: Pepsi

Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona hududi uch kun davomida haqiqiy ochiq osmon ostidagi oshxonaga aylandi deyishimiz mumkin. U yerda O‘zbekistonning barcha viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan taklif qilingan oshpazlar festival mehmonlariga milliy taomlar tayyorlash jarayonini namoyish etishdi. Festival kunlari Xorazm baliqlarining qovurilishi, Namangandan noodatiy kosa-somsa, Samarqandcha xushbo‘y zig‘ir- oshning tayyorlanishi va boshqa ko‘plab taomlar pishirilishini tomosha qilish mumkin bo‘ldi.

Pepsi Food Fest hududida Toshkentning mashhur ovqatlanish muassasalari ham mahoratini namoyon etdi – 20 dan ziyod fast-fud shoxobchalari, qandolatchilik, Panosiyo va Yevropa taomlari yo‘nalishlari bo‘yicha restoran va kafelar shular jumlasidandir.

Qaynoq taomlarning xushbo‘y ifori hech kimni befarq qoldirmadi, hatto ob-havo injiqliklariga qaramay, mehmonlar oilaviy sayr qilib, ta’mlar bayramidan bir olam zavq olishdi. Har kim o‘zining sevimli taomini "issig‘ida" tatib ko‘rish va hatto ularni tayyorlash jarayonida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldi. Va albatta, barcha taomlarni Pepsi bilan birga tanovvul qilish taklif etildi. Mehmonlarga ushbu sevimli ichimlikdan ulashildi.

Sahnada esa har kuni oshpazlar shousi o‘tkazildi – festival 20 dan ziyod turdagi o‘zbek nonlarini pishirish bo‘yicha mahorat darslari bilan boshlanib, taniqli oshpazlarning jonli efirda somsa, kabob va osh tayyorlashiga ulanib ketdi. Ular pazandalikdagi sirlari bilan bo‘lishishar ekan, "Eng mazali taom" nominatsiyasi bo‘yicha o‘zaro bellashishdi. Ishtirokchilarni festivalga tashrif buyurganlar – poytaxt aholisi va mehmonlari baholab bordi.

Uchinchi kuni — tadbir yakunida mashhur oshpaz Bahriddin Chustiy boshchiligida sahnada 16 turdagi palov tayyorlandi.  Mehmonlarning bahosiga ko‘ra, buxoro oshi faxrli birinchi o‘rinni egallagani e’lon qilinib, oshpaz Behruz Hojiyev qimmatbaho sovrin bilan taqdirlandi.

Tadbirda taniqli fud-blogerlar ham ishtirok etishdi, boshlovchilar sahnada ko‘tarinki muhit yaratib, turli qiziqarli tanlovlar o‘tkazishdi. Shuningdek, poytaxtning layv-bendlari, Double Touch raqs guruhi, rep ijrochisi Shokir, Millymallymoe, DJ King Macarella'lar sahnaga chiqishdi.

Shunday qilib, Pepsi Food Fest — 2023 Toshkentdagi yana bir jarangdor tadbir sifatida yodda qoladigan bo‘ldi. Quvonarlisi, brend shu kabi yirik va muhtasham loyihalar orqali poytaxt mehmonlari hamda aholisiga bo‘sh vaqtni maroqli o‘tkazish, yorqin taassurotlar olish imkonini taqdim etishda davom etmoqda.

Oldinda hali juda ko‘p qiziqarli tadbirlar bor!

Yangiliklarni Instagram'dagi Pepsi Uzbekistan sahifasi orqali kuzatib boring.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid