08:42 / 04.12.2021
15888

O‘zbekistonga kartoshka asosan qaysi davlatlardan olib kelinayotgani ma'lum bo‘ldi

Kartoshka importi qariyb 103 ming tonnaga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumot berdi.

Foto: O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 44,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 389,5 ming tonna kartoshka import qilgan. 

Kartoshka importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 103 ming tonnaga oshgan.

2021 yilning o‘tgan 10 oyida O‘zbekiston eng ko‘p kartoshka import qilgan davlatlar quyidagicha:

  • Qozog‘iston – 128 ming tonna;
  • Eron – 127 ming tonna; 
  • Pokiston – 100 ming tonna;
  • Qirg‘iziston – 19 ming tonna;
  • Niderlandiya – 11 ming tonna;
  • Rossiya – 4,4 ming tonna;
  • Fransiya – 616 tonna;
  • Afg‘oniston – 374,6 tonna;
  • Germaniya – 66,3 tonna.
Mavzuga oid
Top