Bugun, 29 dekabr kuni ertalab Namangan va Andijon aeroportlarida samolyotlar ko‘rish masofasi pasayib ketgani uchun parvoz qila olmadi va qo‘na olmadi.
Uzbekistan Airports xabariga ko‘ra, kuchli tuman tufayli – ko‘rish masofasi 50 metrga yaqin – «Ural» aviakompaniyasining Qozondan parvoz qilgan SVR2161 reysi soat 08:48 da Namanganga qo‘na olmadi va Toshkentdagi zaxira aerodromga jo‘nab ketdi.
Yana bir - HY9620 reysi ham noqulay ob-havo sharoiti tufayli Namanganga qo‘na olmadi va Farg‘onadagi zaxira aerodromga jo‘nab ketdi.
Andijon aeroportida ham xuddi shunday holat. Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Moskvadan uchgan HY-622/621 reysi soat 10:45 da belgilangan aeroportga qo‘na olmay, Farg‘onadagi zaxira aerodromga jo‘natildi.
Meteorologiya xizmati prognozlariga ko‘ra, ushbu aeroportlar ob-havo sharoiti tufayli taxminan soat 14:00 gacha yopiladi. Rejalashtirilgan barcha reyslar eng yaqin zaxira aerodromlarga yo‘naltiriladi.