10:30 / 31.12.2021
7260

«Savdoni oshirish uchun mahsulot turini kengaytirish emas, balki uni optimallashtirish zarur» - ekspert

Savdo bo‘yicha konsultant va biznes-trener Akmal Nasriddinovning ta’kidlashicha, korxonaning mahsulot assortimentni kengaytirish qarori chuqur tahlil qilinmasa, bu omborda sotilmay qolayotgan tovarlar miqdorining oshishidan boshqa narsaga xizmat qilmaydi.

«Bir necha yil oldin bir guruh o‘zbek tadbirkorlari bilan Germaniyadagi bir tashkilotga bordik. Bu yerda kiyim ilgichlar ishlab chiqarilar ekan. Ushbu kichkina zavod dunyoning nechadir foiz mehmonxonalarini ilgak bilan ta’minlarkan. O‘sha yerda bitta o‘zbek tadbirkori zavodning egasiga nima sababdan asartimentni kengaytirishmayotgani haqida savol berdi. Nemis tadbirkori esa mahsulot turlarini kengaytirgani bilan hozirgidan ko‘proq sota olishmasligi yoki bu ko‘proq ishlab chiqarishga yordam bermasligini aytdi. Lekin o‘zbek tadbirkor mahsulot xillarini ko‘paytirish borasidagi o‘z fikrida qat’iy turib oldi va uni o‘zgartirmadi.

Umumiy tahlil qilib chiqadigan bo‘lsak, asartimentni kengaytirish ko‘p hollarda savdoning o‘sishiga olib kelmaydi, bu faqat sizning omboringiz kengayishiga xizmat qiladi. Sababi mahsulot turlarini ko‘paytirish kerak emas, aksincha uni optimallashtirish kerak. Ya’ni mahsulot xilma-xilligini sotiladigan tovarlar bilan ko‘paytirish zarur, ammo ko‘p holatlarda bunga amal qilinmaydi. A, B, C, X, Y, Z degan analizlar bor, o‘sha tahlillardan ko‘pchilik foydalanmaydi. Agar savdo va marketing menejyeri yaxshi ishlasa va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tahlil qilinsa, 200 yoki 500 xil turdagi mahsulotlarniyam sotish mumkin», deydi mutaxassis.

Top