14:19 / 14.12.2022
8925

AQSh Patriot tizimini Ukrainaga topshirish haqida qaror qabul qildi - CNN 

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, shu haftaning boshida Vashington Kiyev ko‘p oylardan beri so‘rab kelayotgan Patriot majmualari Ukrainaga o‘tkazilishini e’lon qilishi mumkin. Qaror Rossiyaning ommaviy o‘qqa tutishi tufayli qabul qilindi. 

Foto: NATO

AQSh ma’muriyati shu hafta oxirigacha Ukrainaga Patriot zenit-raketa komplekslari topshirilishi haqida e’lon qilishi mumkin. Vashington tegishli rejalarni tayyorlashni yakunlamoqda, deya xabar berdi CNN 13 dekabr, seshanba kuni ikki amaldor va yuqori martabali ma’muriyat vakiliga tayanib. 

Pentagon rejasi idora rahbari Lloyd Ostin tomonidan ma’qullanishi kerak, keyin u prezident Jo Baydenga imzolash uchun yuboriladi. Hujjat ushbu tartib-qoidadan o‘tishi kutilmoqda, deya ta’kidlaydi telekanal yana uch mansabdor shaxsga tayanib. 

Havo hujumidan mudofaa tizimlarini Ukrainaga topshirish bo‘yicha kelishilganidan so‘ng, komplekslar bir necha kun ichida yetkazib beriladi va ukrainalik harbiylar Germaniyaning Grafenvyornidagi Amerika harbiy bazasida ulardan foydalanishga o‘rgatiladi, deya xabar berilgan qo‘shimcha ravishda. 

Ukraina ko‘p oylardan beri Patriot zenit-raketa tizimini boshqa qurollar qatorida taqdim etishni so‘rab keladi, ammo hozircha Vashington bunday qarorga kelmagandi. Endi, Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealar fonida, Vashington komplekslarni yetkazib berish va ishlatish bilan bog‘liq katta logistika muammolariga qaramay, buni amalga oshirish niyatida, dedi Bayden ma’muriyatining yuqori martabali rasmiysi kanalga Rossiyadan bir qator yirik raketa hujumlariga ishora qilib. 

Kichik havo hujumidan mudofaa tizimlaridan farqli o‘laroq, Patriot tizimlari o‘nlab odamlarning ishlashini talab qiladi. Shu bilan birga, ular havo bo‘shlig‘ini ballistik va qanotli raketalardan, shuningdek, ba’zi samolyotlardan himoya qilishning eng samarali uzoq masofali vositalaridan biri hisoblanadi. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top