10:42 / 01.06.2015
1578

Italiyaning yetti viloyatida saylovlar bo‘lib o‘tdi

Italiyaning yetti viloyatida – Veneto, Liguriya, Toskana, Umbriya, Marka, Kampaniya, Apuliyada viloyat rahbarligiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Corierre della Serra xabar bermoqda.
Saylovchilarning tashrif buyurishi o‘rtacha 50 foizni tashkil qilgan.
Boshlang‘ich ma'lumotlarga ko‘ra, Apuliya, Toskana va Kampaniya viloyatlarida hukmron Demokratik partiya nomzodlari ustunlik qilmoqda. Liguriyada esa muxolif “Olg‘a, Italiya” partiya vakili g‘alaba qozondi. Venetoda, mutaxassislar taxmin qilgandek, amaldagi gubernator – muxolif “Shimol ligasi” partiyasi vakili Luk Dzayya g‘alabaga yaqin turibdi.

Top