09:36 / 12.07.2015
2846

“Real” Iker Kasilyasning “Portu”ga o‘tganini e'lon qildi

Madridning “Real” klubi 34 yoshli darvozabon Iker Kasilyasning “Portu”ga o‘tganini e'lon qildi. Bu haqda klubning rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Kasilyas “Real” safida 1998 yildan beri 17 yil davomida o‘ynab keldi. Iker klub tarkibida 5 marta Ispaniya chempionati, 2 marta Ispaniya Kubogi va 4 marta Superkubogi, 3 marta Chempionlar Ligasi, 2 marta Yevropa superkubogi va bir martadan Qit'alararo kubok va klublararo jahon chempionatidagi bosh sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Darvozabon Ispaniya terma jamoasi safida 2 marta Yevropa chempioni (2008 va 2012) va bir marta jahon chempioni (2010) bo‘lgan.

Kasilyas zamonamizning eng yaxshi darvozabonlaridan biri hisoblanadi hamda Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi talqini bo‘yicha 5 marta dunyoning eng yaxshi darvozaboni mukofotiga loyiq deb topilgan.

Top