15:34 / 14.07.2015
2654

Eron 15 yil davomida uranni 3.67 foizdan ortiq boyitmaslikka rozi bo‘ldi

Vositachilar oltiligi bilan muzokaralar asnosida Eron 15 yil davomida uranni 3.67 foizdan ortiq boyitmaslikka rozi bo‘ldi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
Boyitish bo‘yicha ishlar va tadqiqotlar Natanzdagi obektda olib boriladi. Fordo obektidagi ishlar esa to‘xtatiladi, yadroviy material ham saqlanmaydi.
Kam boyitilgan uran zaxiralari Eronda 15 yil ichida 300 kg dan oshmasligi kerak.
Ilgariroq Eron va vositachilar oltiligi yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilingan edi.

Top