02:02 / 16.07.2015
2760

Obama Kongressning aksariyat qismi Eron bilan kelishuvni qo‘llab-quvvatlashiga umid bildirmoqda

AQSh prezidenti Barak Obama Vashingtonda bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumanida kongress Eron bilan yadroviy kelishuvni ma'qullashi kerakligini aytdi.

“Dalillarga asoslangan holda, kongressdagi ko‘pchilik bu bitimni ma'qullashi kerak. Men Respublikachilar partiyasi bu kelishuvni qo‘llab-quvvatlashiga umid bildirmayman. Biroq men munozaralar spekulyatsiya va yolg‘on axborotga emas, balki dalillarga asoslanadi deb kutib qolaman”, deb aytdi Obama.

Top