19:09 / 31.07.2015
4246

140 mingdan ko‘proq amerikalik sherni otib o‘ldirgan stomatologni Zimbabvega berishni talab qilmoqda

AQShda 140 mingdan ko‘proq kishi Zimbabveda ov paytida Sesil laqabli sherni otib o‘ldirgan AQShlik stomatolog Uolter Palmerning Zimbabvega topshirilishini so‘rab, mamlakat hukumatiga yo‘llangan arznomani imzolashdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

AQSh qonunlariga ko‘ra, agar arznoma bir oy ichida 100 ming imzo to‘plasa, hukumat unga javob berishi kerak.

AQShlik stomatolog Uolter Palmer Zimbabveda bo‘lganda ov paytida kallasi orqasidagi yoli noodatiy qora rangda bo‘lgani bilan mashhur Sesil laqabli sherni otib o‘ldirgan.

Palmerning ta'kidlashicha, u o‘z gidlariga ishonib, unga ov qilsa bo‘ladigan hayvonni topib berishadi, deb o‘ylagan. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, u sherni otib o‘ldirish imkoniyati uchun 50 ming dollardan ko‘proq pul to‘lagan.

AQSh OAVlari bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Palmer 2008 yilda Viskonsin shtatida qora ayiqqa brakonerlik ovi qilganlikda aybdor deb topilgan edi.

Top