21:20 / 31.07.2015
10060

2015 yilgi “Dunyoning eng e'tiborli 100 nafar kishisi” ro‘yxati e'lon qilindi

“Time” jurnali 2015 yildagi “Dunyoning eng e'tiborli 100 nafar kishisi” deb nomlangan ro‘yxatni e'lon qildi. Mazkur reytingda shaxsning iqtisod, siyosat, ta'lim va san'at kabi sohalarga jahon miqyosida qo‘shgan hissasi hisobga olindi.

Ro‘yxat boshida Nigeriya prezidenti Muhammad Buxoriy, Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz Oli Saud, Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif, Iroq bosh vaziri Haydar Al-Abadiy va Indoneziya davlat rahbari Joko Vidodolar turibdi.

Shuningdek, Afg‘onistonlik Ruala G‘aniy xonim va Nobel mukofoti sovrindori Malala Yusufzay eng ilg‘or musulmon ayollar ro‘yxatining avvalidan o‘rin egallagan, deb yozadi muslim.uz portali.

 

Top