07:16 / 24.08.2015
4421

Lavrov: dunyo taqdiri bir davlat tomonidan belgilanmaydi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov zamonaviy dunyoda “kelajakda tuzatib bo‘lmaydigan xatolarga yo‘liqmaslik uchun o‘tmish saboqlarini unutmaslik lozimligini” aytdi. Bu haqda Lavrov o‘zining “Rossiyskaya gazeta” nashri uchun maqolasida yozib o‘tdi.

Lavrovning ta'kidlashicha “dunyo taqdirlari bir davlat yoki davlatlar tor guruhi tomonidan belgilanmaydi”.

Lavrovning ta'kidlashicha, “Yugoslaviyaning bombardimon qilinishi, Iroqning bosib olinishi, Liviyadagi tartibsizliklar, Ukrainadagi xunrezliklar” kabi voqealar “haqiqatdan chetlashish” qanday fojiali oqibatlarga olib kelishini ko‘rsatishini ta'kidladi.

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I ushbu maqolada “Xitoy va Rossiya Ikkinchi jahon urushi g‘oliblari, BMTning asoschi davlatlari va uning Xavfsizlik kengashining doimiy a'zolari sifatida “ko‘p qutbli dunyoni shakllantirishga ko‘mak beruvchi muhim yaratuvchi kuchlar” hisoblanishini ta'kidlab o‘tgan.

Top