02:19 / 16.09.2015
4122

KUN.UZ dayjesti: 15 sentabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 15 sentabr kuni keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlarni takroran havola etamiz.

Toshkent shahrida yangi propiskadan o‘tgan fuqarolarning uy ololmayotgani bo‘yicha qilingan shikoyatlarga javob berildi>>

Toshkent shahrida propiskadan o‘tganiga uch yil bo‘lgan ayrim fuqarolar shahar hududidan uy sotib ololmayotgani aytib, ommaviy axborot vositalariga shikoyat qilmoqda

Abituriyentning o‘rniga imtihonga kirgan talaba ikki yildan so‘ng o‘qishdan chetlashtirildi>>

Jizzax politexnika institutida o‘qib kelayotgan Ilhom Qurbonov ikki yil muqaddam bir abituriyentning o‘rnidan imtihonga kirganligi oshkor bo‘lib, talabalikdan chetlashtirildi

Kreml AQShning xalqaro izolyatsiya haqidagi so‘zlariga javob berdi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning xalqaro izolyatsiya tushib qolmaganini, yakkalanib qolmaganini ta'kidladi.

Pentagonda Rossiyaning Suriyada aviabaza qurish rejasi borligi aytilmoqda>>

AQSh Mudofaa vazirligi – Pentagonda Suriyada Rossiya texnikasi va harbiylarning harakatlanishi Rossiyaning Latakiya shahrida ilg‘or havo bazasini joylashtirish rejasi borligini anglatadi deb ta'kidlanmoqda

WSJ: Eron Yevropaga gaz yetkazib berish bo‘yicha Rossiyadan o‘zib ketishi mumkin>>

Eron keyingi o‘n yillik oxiriga kelib Yevropa ittifoqiga gaz yetkazib beruvchi yirik davlatga aylanishi mumkin

Jirinovskiy Rossiya madhiyasidan qardosh xalqlar to‘g‘risidagi qatorni olib tashlashga chaqirdi>>

Rossiya liberal-demokratlar partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy Rossiya davlat madhiyasidagi qardosh xalqlar birdamligi to‘g‘risidagi qatorni olib tashlashni taklif qilib chiqdi

Western Union Rossiyadan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonga pul o‘tkazmalari tariflarini arzonlatdi>>

Yirik xalqaro pul o‘tkazish tizimlaridan biri Western Union Rossiyadan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistoga pul o‘tkazmalari tariflarini pasaytirdi

Ixtiyor Rashidov: Sardor pulni emas, saviyani o‘yladi>>

O‘zbekistonlik yosh iste'dodli futbolchi Sardor Rashidov o‘zining sport karerasini belgilashda ko‘proq pul topishni emas, balki yuqori saviyaga chiqish haqida ko‘proq o‘yladi

Olma-ota viloyatida tug‘ruqxona hamshirasi o‘zbekistonlik ayolning bolasini 3 ming dollarga sotib yubordi>>

Olma-ota viloyati ko‘p tarmoqli klinik shifoxonasining tug‘ruqxonasida Olma-ota shahrining Avezov tumani prokuraturasi tomonidan yangi tug‘ilgan chaqaloqni sotish holati aniqlandi

Oliy ta'lim vazirligi: kontrakt pulining 40-60 foizi stipendiyalar uchun sarflanadi>>

Hozirgi kunda O‘zbekistonning oliy ta'lim muassasalarida stipendiyaning o‘rtacha miqdori 300 ming so‘mni yoki yiliga 3.6 mln so‘mni tashkil qilmoqda

Top