14:50 / 16.09.2015
2737

Zimbabve prezidenti parlamentda bir oy oldingi nutqi bilan chiqish qildi

15 sentabr kuni Zimbabvening 91 yoshli prezidenti Robert Mugabe parlament yangi sessiyasining ochilishida deputatlarga bir oy oldingi nutqini takroran o‘qib berdi.

Ma'lum qilinishicha, u 25 daqiqa davomida yanglishganini o‘zi sezmagan holda eski muojaatini o‘qishda davom etgan.

Herald gazetasi xabariga ko‘ra, bunday bo‘lishiga prezidentning yordamchilari aybdor.

Mugabening matbuot kotibi Jorj Charambining aytishicha, bundan biroz o‘tib, prezident yangi nutqini Xararedagi mehmonxonalardan birida o‘qib eshittirgan.

Ma'lumot uchun, Mugabe Zimbabveni 1980 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning hozirgi prezidentlik muddati 2018 yilgacha davom etadi.

Top