23:11 / 22.09.2015
2821

Yevropa Ittifoqi kengashi 120 ming muhojirni taqsimlab olish haqida kelishib oldi

Yevropa Ittifoqining 28 ta davlati ichki ishlar vazirlari Belgiya poytaxti Bryusselda bo‘lib o‘tgan shoshilinch majlisda 120 ming muhojirni taqsimlab olishga kelishib oldilar. Bu haqda Lyuksemburgning YeI kengashidagi vakolotxonasi matbuot xizmati ma'lum qildi. 

“Bugun 120 ming muhojirni taqsimlab olish haqidagi qaror YeIga a'zo davlatlarning aksariyat ko‘pchiligi bilan qabul qilindi”, deyilmoqda xabarda.

TASS axborot agentligiga kengashga yaqin bo‘lgan manbaning ma'lum qilishicha, Vengriya, Chexiya va Slovakiya qochqinlarning taqsimlanishiga qarshi qarshi chiqqan.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, erishilgan kelishuvlarga muvofiq, YeIda birinchi navbatda YeIning turli davlatlarida 120 mingdan 66 ming qochqin joylashtiriladi. 54 ming joy zaxiraga olib qo‘yiladi. “Agar yaqin orada YeIning qandaydir davlati migratsion bosimga uchrab yordam so‘rasa, YeI bu zaxiradan foydalanishi mumkin bo‘ladi”.

Oxirgi oylarda Yevropaga kelayotgan qochqinlar oqimining o‘sib borishi Yevrokomissiyani 9 sentabrda YeI bo‘yicha taqsimlanadigan muhojirlar sonini 120 mingga ko‘paytirish haqida taklifni kiritishga majbur qildi. Bu taklif 14 sentabrda YeI ichki ishlar vazirlari yig‘ilishida muhokama qilingan, biroq u bo‘yicha kelishuvga erishilmagan edi.

Top