11:08 / 27.09.2015
3028

«Vilyarreal» o‘z tarixida ilk marta La-liganing birinchi o‘rniga ko‘tarildi

26 sentabr oqshomida La-liganing 6-tur o‘yinlari doirasida «Vilyarreal» jamoasi Madridning «Atletiko» jamoasini qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yindagi yagona gol 14-daqiqada Baptistao tomonidan urildi.

Bu natija orqali ishlangan 3 ochkodan keyin "sariq submarinalar" hisobidagi ochkolar soni 16taga yetdi va jamoa o‘zining 92 yillik tarixida birinchi bor turnir jadvalining eng yuqori qismidan o‘rin oldi.

Ayni paytda jamoa 6 turdan keyin "Barselona"ni 1 ochkolik farq bilan ortda qoldirmoqda. 6-turda "Malaga"ni yenga olmagan "Real" hisobida esa 14 ochko mavjud. O‘zaro uchrashuvda mahlub etilgan "matraschilar" 5-o‘ringa tushib ketgan (12 ochko). 6-turda "Eybar" bilan safarda 161 hisobida durang o‘ynagan "Selta" 14 ochko bilan 4-o‘rindan joy olgan.

Ispaniya chempionati, 6-tur
Vilyarreal – Atletiko 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 14 Baptistao.
Vilyarreal – Areolya, Mario Gaspar, Bayi, Ruis, Kosta, Dos Santos (Suares, 68), Trigeros (Pina, 75), Soriano, Kastilexo, Baptistao (Nauel, 46), Soldado.
Atletiko – Oblak, Games, Ximenes, Godin, Filipe Luis, Oliver Torres (Korrea, 66), Gabi (Vetto, 46), Tiagu, Saul, Martines (Torres, 46), Grizmann.
Ogohlantirishlar: Grizmann (41), Soldado (51), Tiagu (71), Kosta (84).

Top