AQSh tomonidan taklif qilingan IShIDga qarshi kurash jarayonini muvofiqlashtirish borasidagi taklif Rossiya tomonidan qabul qilinishi mumkin. Bu haqda mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkov aytib o‘tdi.
“Rossiya mudofaa vazirligi Pentagonning iltimosiga javob berib, IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurash doirasida hamkorlik qilishni muvofiqlashtirish bo‘yicha taklifni qisqa fursatda ko‘rib chiqdi, - dedi u. – Umuman olganda, bu takliflar realizatsiya uchun qabul qilinishi mumkin”.