20:38 / 12.10.2015
4251

Belgiya terma jamoasi Isroilni mag‘lub etsa, ilk marta FIFA reytingida yetakchilik qila boshlaydi

Belgiya terma jamoasi 5 noyabr kuni e'lon qilingan ma'lumotga ko‘ra FIFA reytingida uchinchi bo‘lib turibdi.

Terma jamoa 13 oktabr kuni Yevro-2016 saralashi doirasida Isroil terma jamoasiga qarshi uchrashuv o‘tkazadi. Agar belgiyaliklar bu o‘yinda 3 ochko olishsa, FIFA reytingida 1440 ochko bilan birinchi o‘ringa ko‘tarilib olishadi.

Qayd etish kerakki, bu ro‘yxatda birinchi va ikkinchi o‘rinlarda turgan terma jamoalar, Argentina va Germaniya o‘tgan haftada Ekvador va Irlandiya terma jamoalariga qarshi mag‘lubiyatli o‘yinlar o‘tkazishdi.

Qayd etish kerakki, Belgiya terma jamoasi ertaga g‘alaba qozonib, birinchi o‘ringa ko‘tarilsa, bu ularning ilk marta FIFA reytingining cho‘qqisini zabt etishi bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, 2009 yilda Belgiya bu reytingining 66-o‘rnida joylashgandi.

Top