06:50 / 12.10.2015
2783

Lukashenko uning siyosatining asosiy tamoyili “hammasi tinch, inqilobsiz bo‘lishi kerak” ekanligini aytdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 20 yil davomidagi o‘z siyosatining asosiy tamoyili “hammasi tinch, inqilobsiz bo‘lishi kerak” bo‘lganini aytdi. Bu haqda “BelTA” axborot agentligi yozmoqda.

Lukashenkoning aytishicha, bu ayniqsa iqtisodiyotga tegishlidir. U siyosatda, qonunchilikda radikal qonunlar qabul qilish mumkin bo‘lsada, biroq iqtisodiyot uni sindirishlariga chidab tura olmaydi, deb aytdi.

“Bugun bo‘lmasa, ertaga ta'siri bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qildi Lukashenko.

Lukashenko istalgan islohotlarga tayyorligini, biroq bu xalqqa kerakligiga shubha qilayotganligini ta'kidlab o‘tdi.

“Oldinga” deyish boshqa gap, oldinga borganda esa kim yetib boradi? Shuning uchun gap menda emas. Men istalgan, shu jumladan inqilobiy o‘zgarish va islohotlarga tayyorman, biroq bu mening tamoyilim bo‘lmasa ham”, deb aytmoqda Lukashenko.

Eslatib o‘tamiz, 11 oktabrda Belarusda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Lukashenko 80 foizdan ko‘proq ovoz olishga muvaffaq bo‘ldi. 

Top