14:16 / 12.10.2015
5571

O‘zbekistonda AQSh dollarining rasmiy kursi ketma-ket ikkinchi marta 14 so‘mdan ko‘proq miqdorda oshdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2015 yilning 12 oktabridan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari bir hafta oldingi kursga nisbatan 14 so‘m 14 tiyinga qimmatlashib, qiymati 2649,22 so‘mni tashkil qilmoqda. 1 Yevro roppa-rosa 22 so‘mga qimmatlashib 2981 so‘m 1 tiyinni tashkil qilib turibdi.

Bu haftada Rossiya rublining so‘mga nisbatan qiymati kattaroq miqdorda o‘sdi. Yangi kursga ko‘ra, 1 Rossiya rubli 3 so‘m 26 tiyinga qimmatlashib, 43 so‘m 22 tiyin qiymatga ega bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Top