10:52 / 16.10.2015
4871

Xitoy va Eron O‘zbekiston paxtasining asosiy xaridorlari ro‘yxatida

O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining ma'lumotlariga qaraganda, mamlakatda yetishtirilayotgan paxtaning asosiy qismini Bangladesh, Xitoy, Janubiy Koreya va Eron xarid qilmoqda.

Bu haqda xalqaro Cotton Outlook agentligi direktori Rey Batler XI Xalqaro o‘zbek paxta va tekstil yarmarkasidagi chiqishida ma'lum qildi.
Bangladeshning paxta importida O‘zbekiston paxtasi ayni paytda 30 foizni tashkil qilmoqda.

Shu bilan birga, jahon miqyosida paxtaga bo‘lgan talab pasayib bormoqda. Dunyo bo‘yicha yetakchilikni egallab turgan Xitoy yiliga 1 mln tonna paxtani qayta ishlaydi.

Top