16:47 / 21.10.2015
3109

«Transaero» aksiyalari 187 foizga qimmatlashdi

«Transaero» aviakompaniyasi aksiyalari Moskva birjasining kompaniya aksiyalari savdosi yo‘lagini oshirish haqida qaror qabul qilganidan so‘ng 186,76 foizga qimmatlab, har bir aksiya narxi 19,5 rublga yetdi. Bu to‘g‘rida savdolar yakunlari haqidagi ma'lumotlar guvohlik bermoqda.

“Qimmatbaho qog‘ozlar bozorida xatar-parametrlarni aniqlash uslubiga muvofiq, Moskva birjasi «Transaero» qimmatbaho qog‘ozlari narx yo‘lagining yuqori chegaralarini o‘zgartirdi (19,5 rublgacha)”, - deyiladi savdo maydonchasi xabarida.
Mazkur o‘sishga S7 aviakompaniyasining «Transaero» nazorat aksiya paketini sotib olish fikrida ekani to‘g‘risidagi xabarlar sabab bo‘ldi.

Avvlroq S7 guruhi bosh direktori Vladislav Filev hamda «Transaero»ning yirik aksioneri Aleksandr Pleshakov «Transaero»ning 51 foizdan kam bo‘lmagan aksiyalarini S7 aksionerlariga sotish to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan edi.

Top