01:17 / 04.11.2015
3968

Shayxontohurda telefon o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan o‘smirlar qo‘lga olindi

Shayxontohurda telefon o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan o‘smirlar qo‘lga olindi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.

Aytilishicha, guruh a'zosi bo‘lgan Malik ismli bolaning oilasi notinch bo‘lgan. Doimo pulga muhtoj bo‘lgani bois u 17 yoshli do‘sti Shahzodga murojaat qilgan. Shunda ular kelishib, ko‘chada telefon o‘g‘irlash bilan shug‘ullanishga kelishib olishgan. Ammo o‘smirlar dastlabki jinoyatni sodir etish chog‘idayoq qo‘lga olingan.

Bir kuni soat 17:30da ular 15 yoshli Ilhom ismli bolani uchratib qolib, undan qo‘ng‘iroq qilib olish uchun telefon so‘rashgan. So‘ng turli yo‘llar bilan telefon egasining ko‘zini shamg‘alat qilib, qochib qolishgan. Aldovni payqagan Ilhom shu yerdan o‘tib ketayotgan patrul mashinasini to‘xtatgan va bo‘lgan voqeani aytib bergan.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida jinoyatchilar shu yerning o‘zidayoq qo‘lga olingan.

Top