00:33 / 11.11.2015
3301

Germaniya sobiq kansleri Gelmut Shmidt olamdan o‘tdi

Germaniya sobiq kansleri Gelmut Shmidt 96 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda mahalliy OAV ma'lumotiga asoslanib, Reuters xabar bermoqda.

Avvalroq Gelmut Shmidt oyoq qon-tomirlarini tiklash bo‘yicha jarrohlik amaliyotini o‘tkazganligi ma'lum qilingan edi.

Gelmut Shmidt 1918 yilning 23 dekabrida tug‘ilgan. Germaniya kansleri sifatida 1974 yildan 1982 yilga qadar faoliyat ko‘rsatgan.

Top