18:42 / 16.11.2015
3949

Klublar o‘rtasidagi JChda ishtiroki sabab «Barselona»ning Ispaniya chempionati doirasidagi uchrashuvi qoldirildi

Ispaniya chempionatining 16-turidan o‘rin olgan «Sporting Xixon» va «Barselona» jamoalari uchrashuvi 20 dekabrdan 2016 yilning fevral oyiga ko‘chirildi. Bu haqda La-liga rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Manbada yozilishicha, uchrashuvning ko‘chirilishiga kataloniyaliklarning klublar o‘rtasidagi JChda qatnashishi sabab sifatida keltirilgan.

Uchrashuvning aniq sanasi keyinroq ma'lum qilinadi.

Top