Hurmatli o‘quvchilar, tugayotgan haftada (16-22 noyabr) ro‘y bergan eng qiziqarli yangiliklarni takroran havola etamiz.
Toshkentda Bahodir Yo‘ldoshev haqidagi kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Toshkentda taniqli dramaturg va rejissyor Bahodir Yo‘ldoshevning ijod yo‘liga bag‘ishlangan kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda jurnalistlar, aktyorlar, rejissyorlar, tanqidchilar, shoir va yozuvchilar ishtirok etdi.
Qoros kompaniyasi to‘rt eshikli kabrioletini namoyish qildi
Xitoyning Chery firmasi va Isroilning Israel Corporation konsorsiumi tomonidan tashkil etilgan Qoros kompaniyasi to‘rt eshikli Qoros 6 kabrioletini taqdim etdi
Google aksiyalari narxi rekord darajada o‘sdi
Google Inc. kompaniyasining aksiyalari juma kungi savdolarda 16,3 foizga o‘sib, rekord darajadagi 699,62 dollarlik qiymatni tashkil qildi. Kompaniya kapitalizatsiyasi bir urinishda 66,9 mlrd dollarga o‘sdi, deya xabar bermoqda MarketWatch.
Motorola smartfonlari Android 6.0 bilan ta'minlanishi boshlandi
Motorola Moto X Style va Moto X 2014 qurilmalari Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimini o‘rnatish imkoniyatga ega bo‘lmoqda.
Dunyodagi eng yaxshi “hamma narsa ichida” tizimidagi mehmonxonalar nomi aytildi
“Hamma narsa ichida” tizimi bo‘yicha ishlovchi dunyodagi eng yaxshi mehmonxona deb Maldiv orollaridagi besh yulduzli Kurumba Maldives tan olindi.
Aka-uka Meladzelar birinchi marta rafiqalari bilan jamoatchilik oldiga chiqishdi
Kremlda o‘tkazilgan aka-uka Konstantin va Valeriy Meladzelarning yubiley konsertida san'atkorlar o‘z turmush o‘rtoqlari – Vera Brejneva va Albina Janabayevalar bilan jamoatchilik oldiga chiqishdi.
Moskva hayvonot bog‘ida qizil pandalar soni ikkitaga yetdi>>
Moskva hayvonot bog‘ida qizil pandalar soni ikkitaga yetdi, deyiladi muassasaning rasmiy saytida chop etilgan xabarnomada.
Video: Saudiya Arabistonidagi g‘ayrioddiy qum daryosi>>
Saudiya Arabistonidagi Rub al-Xali cho‘li o‘rtasida daryoni eslatuvchi g‘ayrioddiy hodisaga guvoh bo‘lishdi. Quyidagi videoda xuddi daryo kabi oqayotgan do‘l donachalarini kaftiga olgan kishini ko‘rish mumkin.
G20 sammitida rossiyalik jurnalistlarning yo‘qolgan yuki Parijdan topildi>>
Antaliyada o‘tgan G20 sammitidan so‘ng, rossiyalik bir qancha jurnalistlarning yuki yo‘qolib qoldi. So‘ng ular Parijdan topildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” rossiyalik diplomatning ma'lumotiga asoslanib.
Toshkentliklar kamyob tabiat hodisasiga guvoh bo‘lishdi (Foto)>>
16 noyabr kuni Toshkent shahrida yashovchilar kam kuzatiladigan tabiat hodisasi guvohiga aylanishdi.
Amerikalik jarrohlar kuyib qolgan o‘t o‘chiruvchiga yangi yuz ko‘chirib o‘tkazishdi>>
Amerikalik jarrohlar inson yuzini ko‘chirib o‘tish jarrohlik amaliyotida rekord darajadagi murakkab opretsiyani amalga oshirishdi. 26 soat davom etgan jarrohlik amaliyoti vaqtida 41 yoshli yong‘in o‘chiruvchi Patrik Xardison yuziga yangi yuz qo‘yish uchun rekord darajada to‘qima tushdi.
Qozog‘istonda olti farzandli beva qurilishi tugallanmagan binoda yashayotgani ma'lum bo‘ldi>>
Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida istiqomat qiladigan Janiya Gabdusheva 2014 yilda turmush o‘rtog‘i yurak xuruji tufayli vafot etganidan so‘ng olti farzandini yolg‘iz, biror boshpanasi va yordamlarsiz tarbiyalashga majbur bo‘lib qoldi.
Maradona ozish uchun oshqozonini operatsiya qildirdi>>
Diyego Armando Maradona oshqozonida jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan shifoxonani tark etdi.
NYT: Xitoyda mahbuslarning tana a'zolari transplantatsiya uchun qo‘llanadi>>
Xitoyda mahbuslarning tana a'zolari ilgarigidek ko‘chirib o‘tkazishda qo‘llanmoqda, vaholanki, sog‘liqni saqlash vazirligi vakilining o‘tgan yilgi bayonotida bunday amaliyotdan voz kechilishini ta'kidlagan edi.
Metro: suriyalik qochqin Yevropaga kelish uchun buyragini sotishga majbur bo‘ldi>>
Suriyalik qochqin Yevropaga ko‘chib o‘tishga ketgan xarajatlarni qoplash uchun buyragini sotishga majbur bo‘ldi. Bu haqda serbiyalik gumanitar ishchining so‘zlariga tayangan holda Metro nashri xabar bermoqda.
Yevropadagi OAVlar xatolik tufayli kanadalik suratini Parij terakti ijrochilaridan biri surati sifatida tarqatishdi>>
Kanadalik Virender Jubbal xatolik tufayli Yevropaning yirik OAVlari o‘quvchilariga Parijdagi terakt ijrochilaridan biri sifatida tanishtirildi. Bunga uning selfilaridan biri fotomontaj qilinib, tvitter orqali tarqatilgani sabab bo‘lgan.
Inson va maymun miyalari orasidagi asosiy farq aytildi>>
Amerikalik olimlarning ishontirishicha, inson miyasini maymun miyasidan ajratib turuvchi muhim bir jihat bor. Bunda insonning eng yaqin qarindoshi hisoblanmish shimpanze miyasi nazarda tutilmoqda.
“007: Spektr” filmining kassa yig‘imlari 500 mln dollardan ortdi>>
“007: Spektr” filmi AQSh prokatida ikki haftadan buyon yetakchilikni boy bermayapti. O‘tgan dam olish kunlari film 35.4 mln dollar ishladi.
Arnold Shvartsenegger brakonerlik muammosiga e'tiborni qaratish maqsadida fil qoziq tishini portlatib yubordi>>
Gollivudning mashhur aktyori Arnold Shvartsenegger brakonerlik muammosiga e'tiborni qaratish maqsadida fil qoziq tishini portlatib yubordi. Bu aks etgan rolik internetda paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda Channel24 telekanali.
Apple Watch qurilmasining yangi avlodi 2016 yilning iyun oyida chiqishi ma'lum bo‘ldi>>
Apple kompaniyasining yetkazib beruvchilaridan biri bo‘lmish Quanta bergan ma'lumotga ko‘ra, Apple Watch 2 “aqlli” soatlari ikkinchi chorak yakunida chiqariladi.
OAV: Messi soliq muammosi tufayli Ispaniyadan Angliyaga ketmoqchi va ko‘proq maosh olmoqchi>>
"Barselona" jamoasining argentinalik hujumchisi Lionel Messi o‘z faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirmoqchi. Bu haqda The Daily Star xabar tarqatgan.
72 yoshli o‘zbekistonlik har kuni velosipedda 10 km yo‘lni bosib o‘tmoqda>>
Qashqadaryo viloyatidagi o‘quvchilar e'tiborni jalb qiluvchi hodisa haqida yozishdi. Quyida 72 yoshida o‘zining jismoniy holati bilan ko‘pchilikka o‘rnak bo‘la oladigan ziyoli haqida hikoya qilinadi.
Aldangan kelin o‘zining to‘y libosida marafonda ishtirok etdi>>
Amerikada aldangan kelin besh kilometrlik marafon masofasini to‘y libosida bosib o‘tdi. U kuyovlikka da'vogar bilan to‘rt yildan ziyodroq vaqt avval tanishgan. Biroq nikohni qayd qilish marosimidan bir hafta oldin Manulakka sevgilisi xabar yuborib, barchasi tamom bo‘lganini ma'lum qiladi.
Suares: Agar kimdir Messiga qasddan jarohat yetkazishga urinmasa, men ham Ramosning yelkasini og‘ritmayman>>
“Barselona hujumchisi Luis Suares Ispaniya chempionatining 12 – turidan o‘rin olgan “Real”ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
Arxeologlar: Janubiy Amerikada aholi 15 ming yil muqaddam yashay boshlagan>>
Tosh qurollar, jonivorlar suyaklari, o‘simliklar qoldiqlari arxeologlarga Janubiy Amerikada ilk odamlar 15 ming yil muqaddam paydo bo‘lganini aniqlashga yordam berdi. Qazilma ishlari Chili janubidagi Monte-Verde manzilgohida o‘tkazildi.
Bugun, 19 noyabrda Xalqaro chekishga qarshi kurash kuni nishonlanmoqda>>
Har yili noyabr oyining uchinchi payshanbasida dunyoning barcha davlatlarida Xalqaro chekishga qarshi kurash kuni nishonlanadi. Joriy yilda bu sana 19 noyabrga to‘g‘ri keldi.
San'atkorlarning “stavkasi” qancha?>>
“Darakchi” gazetasi taniqli qo‘shiqchi va boshlovchilarning to‘ydagi xizmatlari tantana egalariga necha pulga tushishi haqida material e'lon qildi.
McDonald's Eron bozoriga kira olmaydi>>
Eron o‘z bozoriga McDonald's tarmog‘ining kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Rouzi Sharopovani ijtimoiy tarmoqdagi mashhurlik bo‘yicha ortda qoldirdi>>
Aralash qoidalar bo‘yicha janglarda ishtirok etuvchi Ronda Rouzi o‘z faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olgach, uning ijtimoiy tarmoqdagi muxlislari keskin miqdorda oshib ketdi va u internetdagi mashhur sportchi qizlar ro‘yxatidagi yetakchilikni rossiyalik tennischi Mariya Sharopovani ortda qoldirdi.
Qozog‘istonda Rossiyaning bir qator mashhur telekanallari translyatsiyasi to‘xtatilishi mumkin>>
Qozog‘istonning “Teleradiouzatish to‘g‘risida”gi qonuniga o‘zgartish kirituvchi yangi me'yor davlat rahbari tomonidan imzolangan bo‘lib, u 2016 yil 1 yanvaridan kuchga kiradi.
Facebook ismi IShIDga hamohang bo‘lgan qizning akkauntini yopib qo‘ydi>>
Facebook ijtimoiy tarmog‘i moderatorlari anglashilmovchilik tufayli ismi IShIDning inglizcha qisqartmasi – ISIS’ga hamohang bo‘lgan foydalanuvchining sahifasini bir sutkaga bloklab qo‘ydi.
“Utro s Yuliyey Vysotskoy” ko‘rsatuvi chog‘ida reklamaning balandligi tufayli ish qo‘zg‘atildi>>
Rossiya Federal aksilmonopol xizmati NTV telekanaliga nisbatan efirda translyatsiya qilinayotgan reklama balandligi darajasining oshirilishi munosabati bilan ish qo‘zg‘atdi.
O‘zbekistonning eng “ochilib” yuradigan xonandalari reytingi e'lon qilindi>>
Ro‘yxatdan o‘rin olgan 6 san'atkorning Instagram tarmog‘idagi shaxsiy suratlari, ulardagi kiyinishiga e'tibor qaratildi.
OAV: tantiq farzandlar qayerdan paydo bo‘lyapti?>>
Bugungi yoshlar orasida ayrim hollarda ortiq darajada arzanda va tantiq farzandlar uchrayotgani, ular nafaqat ota-onalariga, balki atrofdagi boshqa odamlarga ham muammo keltirib chiqarayotgani “Oila davrasida” gazetasining navbatdagi sonida chop etilgan maqolada ta'kidlab o‘tildi.
Rossiyada ortiqcha vazndan xalos bo‘lganlarga bir tonna ko‘mir mukofot sifatida beriladi>>
Kemerovskiy viloyati rahbari Aman Tuleyev hukumat mintaqada qazib olinadigan ko‘mir yordamida semizlikka qarshi kurash olib borishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda FlashSiberia.
O‘zbekcha “Terminal”: farg‘onalik erkak 2 kundan buyon Sheremetevo aeroportida yashashga majbur>>
O‘zbekistonning Farg‘ona shahrida tug‘ilib o‘sgan Oltiyev Muzaffar Haydaraliyevich mana 2 kundirki Moskva aeroportlaridan birida turishga majbur.
Yangi Zelandiyada davlat bayrog‘ini o‘zgartirish bo‘yicha umummilliy referendum boshlandi>>
Yangi Zelandiyada 20 noyabr kuni davlat bayrog‘ini o‘zgartirish bo‘yicha dastlabki referendum boshlandi.
50 yoshli britaniyalik erkak bir soatda 2200 marta qo‘l tayanchi mashqini bajarib, rekord o‘rnatdi>>
Britaniyalik 50 yoshli Karlton Uilyams bir soatda 2200 marta qo‘l tayanchi (otjimaniya) mashqini bajargan holda Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.
"Arsenal" muxlislari Messini jamoaga taklif qilish uchun pul yig‘ishmoqchi>>
Londonning "Arsenal" jamoasi muxlislari "Barselona"ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi uchun to‘lash maqsadida pul to‘plashga kirishishdi.
Windows tarixi: sotuvga chiqqanining 30 yilligi>>
30 yil avval 1985 yilning 20 noyabr kuni Microsoft korporatsiyasi Windows operatsion tizimining ilk versiyasini taqdim etdi.
Square to‘lov tizimi Twitter asoschisini 1 mlrd dollarga boyitdi>>
Twitter ijtimoiy tarmog‘i asoschisi hamda bosh direktori Jyek Dorsiga tegishli bo‘lgan Square kompaniyasi IPO’ga chiqqanidan so‘ng uning boyligi 950 mln dollarga oshdi.
Shahrisabzlik haydovchi sambo bo‘yicha jahon chempioniga aylandi>>
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahridagi vinozavodida ("Shahrisabz vino-aroq" AJ) haydovchi sifatida faoliyat ko‘rsatadigan Murodullo Nazarov Isroilda o‘tkazilgan faxriylar o‘rtasidagi jahon chempionatidan g‘olib bo‘lib qaytdi.
Ulug‘bek Rahmatullayevning muxlisi soxta chipta bilan qo‘lga olindi>>
Xonanda Ulug‘bek Rahmatullayevning konsertiga oshiqayotgan muxlisning qo‘lidagi chipta nazorat chog‘ida soxta ekanligi aniqlandi.
Pepsi kompaniyasi ilk smartfonini taqdim etdi>>
Ichimliklar ishlab chiqaruvchi Pepsi kompaniyasi o‘zining ilk smartfonini rasman taqdim qildi. Pepsi Phone P1 fableti o‘rta texnik ko‘rsatkichlar hamda hamyonbop narxga ega.
Xitoyda 43 soat ichida eski ko‘prik buzilib, o‘rniga yangisi qurildi>>
Pekindagi Sanyuan ko‘prigini yangisiga almashtirishga qaror qilindi. Uni demontaj qilishga bir sutka vaqt ketdi.
Rossiyada o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik ko‘ngillilar rus tili bo‘yicha bepul darslar o‘ta boshladi>>
Rossiyada o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik ko‘ngillilar tomonidan mehnat muhojirlarining bolalari uchun rus tili bo‘yicha bepul darslar tashkil etildi.
47 yoshli Toni Xouk skeytbordda gorizontal tryukni bajardi>>
Skeytbording yulduzi Toni Xouk “900” deb nomlangan tryukni yana bir bora bajardi. Uning o‘zi 1999 yili bu tryukni birinchi marta X Games musobaqalarida namoyish etgan edi.
Xitoylik millarder o‘z boyligini itlar uchun boshpanaga sarfladi>>
Xitoylik millarder Van Yan o‘z boyligining qariyb barchasini uysiz itlar uchun boshpana qurishga sarfladi.
19 yillik sinovlardan so‘ng AQShda birinchi gen modifikatsiyasidan o‘tgan jonivorga ruxsat berildi>>
AQShning oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalari sifatini nazorat qilish bo‘yicha boshqarmasi (FDA) gen modifikatsiyasidan o‘tgan Atlantika lososining sotilishiga ruxsat berdi.
Bugun Oybek va Nigoraning nikoh to‘yib bo‘lib o‘tadi>>
Bugun, 21 noyabr kuni o‘zbek estradasidagi xonandalar Oybek hamda Nigoraning nikoh to‘ylari bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekistondagi eng mashhur to‘y boshlovchilari reytingi tuzildi>>
«Darakchi» gazetasi taniqli boshlovchilarning to‘ylardagi xizmat haqlari bo‘yicha reytinglarini tuzib chiqdi. To‘ylarga borish narxlari «shartli birliklar»da ko‘rsatilgan (1 «shartli birlik» = 1000 dollar).
Qirg‘izistonning Issiq-ko‘l vilotida yaponiyalik ikki oyda qirg‘izchani o‘rganib olib, talabalarga oshpazlikdan saboq bermoqda>>
Qirg‘izistonning Issiq-ko‘l vilotida yaponiyalik ko‘ngilli Yori Sakaniva ikki oyda qirg‘izchani o‘rganib olib, endi talabalarga oshpazlikdan saboq bermoqda
Chelyabinsk osmonida uchta quyosh paydo bo‘ldi>>
Bir necha kundan buyon Rossiyaning Chelyabinsk shahri osmonida o‘ziga xos optik hodisa – galo kuzatilmoqda.
Apple do‘konlarida stiluslar o‘g‘irlab ketilmoqda>>
Apple do‘konlari oxirgi kunlarda o‘g‘irliklarga uchramoqda. O‘g‘riliklarning bosh obekti hozirda kompaniya tomonidan chiqariladigan eng defitsit aksessuar – stilus (ruchka ko‘rinishidagi qurilma) bo‘lmoqda.
Ostona aeroportida qor tozalovchi mashina samolyot bilan to‘qnashib ketdi>>
Qozog‘iston poytaxti Ostona aeroportida qor tozalovchi mashina “SCAT” aviakompaniyasi samolyotiga shikast yetkazdi.
Panasonic real vaqtda nutqni uchta tilga tarjima qiluvchi megafonni taqdim qildi>>
Panasonic kompaniyasi aeroport va vokzallar xodimlari uchun real vaqtda nutqni uchta tilga tarjima qiluvchi megafonni taqdim qildi.
Tesla xavfsizlik kamaridagi nosozlik tufayli 90 mingta mashinani ortga chaqirtirib olmoqda>>
Tesla kompaniyasi xavfsizlik kamarida nosozlik bo‘lishi ehtimolini tekshirish maqsadida S modelidagi 90 mingta mashinani ortga chaqirtirib olmoqda.
Valensiyada Pikassoning soxta kartinalarini 160 mln yevroga sotgan jinoyatchilar qo‘lga olindi>>
Ispaniya politsiyasi 8 nafar shaxsni rassom Pablo Pikasso (1881-1973) suratlarining soxta namunalarini 160 mln yevroga sotganlikda gumon qilinib, qo‘lga olingan.
Aralash jang san'ati jangchisi amerikalik Monson Rossiya fuqaroligini oldi>>
MMA (aralash jang san'ati) jangchisi amerikalik Jyeff Monson Rossiya fuqaroligini oldi. U bu haqda rossiyalik Konstantin Skrel bilan g‘alabali jangidan keyin e'lon qildi.
Tsukerberg qizi tug‘ilgach, ikki oylik mehnat ta'tiliga chiqishini ma'lum qildi>>
Facebook kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Mark Tsukerberg qizi dunyoga kelgach, ikki oylik mehnat ta'tiliga ketishini ma'lum qildi.