13:18 / 07.12.2015
3022

Qozog‘istonning Olmaota viloyatidagi YTH oqibatida 10 nafar kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istonning Olmaota viloyati politsiyasi 10 nafar kishi halok bo‘lgan YTHni o‘rganmoqda. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda.

Yo‘l transporti hodisasi 6 dekabr kuni Olmaota-Akterek-Alga trassasining 138-kilometrida ro‘y berdi. Unda ikkita avtomobil - Mercedes Benz va Toyota Windom to‘qnashib ketdi. "Ikkita mashinada ham besh nafardan yo‘lovchi bo‘lgan. Avariya natijasida ikkala avtomobildagi yo‘lovchilarning bari halok bo‘lgan”, - deyiladi politsiya hisobotida.

Top