14:10 / 10.12.2015
3953

“Tolibon”ning Qandahor aeroportiga hujumi oqibatida 50 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonning Qandahor viloyatida “Tolibon” ekstremistik harakati jangarilarining aeroportga uyushtirgan hujumi oqibatida halok bo‘lganlar soni 50 kishiga yetdi, yana 37 kishi yaralandi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Halok bo‘lganlarning 38 nafari oddiy fuqarolar, 10 nafari askarlar va 2 nafari politsiyachilardir.
Afg‘oniston mudofaa vazirligining ma'lum qilishicha, operatsiya chog‘ida 11 nafar jangari yo‘q qilingan.

Top