Toshkent shahrida bir qancha retro avtomobillar sotuvga qo‘yildi. Bu ma'lumotlar uz24.uz sayti tomonidan keltirilmoqda.
Ro‘yxat boshida 1942 yilning Standart sedani turibdi. O‘zbekistonda bunday mashina 1 nusxadagina bor. 30 ming km masofa bosgan mashina narxi 57 mln so‘mni tashkil etmoqda.
Keyingi eksponat 1957 yilning GAZ M-20 “Pobeda”sidir. Mashinani ishlab chiqarish 1958 yilda to‘xtagani inobatga olinsa, bu eng oxirgi nusxalardan biri hisoblanadi. Uning narxi ham 57 mln so‘mni tashkil qilmoqda.
50-yillarning Moskvich 401 mashinasiga 85.5 mln so‘m narx qo‘yilgan.
Olti o‘rinli gigant GAZ 12 ZIM 1954 yilda ishlab chiqarilgandir. U mashhur “Chayka”ning ajdodi hisoblanadi. O‘tgan asr o‘rtalarida u mansabdor shaxslar uchun xizmat avtomobili bo‘lib xizmat qilgan.
1949 va 1959 yillar o‘rtasida ZIMdan jami 21 527 ekzemplyar ishlab chiqarilgan.
Sotuvga qo‘yilgan namunaning narxi — 90 mln so‘m.
Toshkent avtobozoridagi eng qimmat retro taklif Ford v8 Super Deluxe sedanidir. 1946 yili ishlab chiqarilgan avtomobil O‘zbekistonda yagona nusxadadir.
Mashina 3.2 l li dvigatel bilan ta'minlangan bo‘lib, 95 foizga original detallardan iborat. Uning narxi 285 mln so‘m.