10:30 / 18.12.2015
3500

BMT XK terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha rezolyutsiyani qabul qildi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi mamlakatlarni IShID, “Al-Qoida” va ular bilan aloqador har qanday shaxslar, guruhlar, tashkilot va muassasalarni moliyalashtirish va ularga yordam ko‘rsatishni cheklashga qaratilgan rezolyutsiyani tasdiqladi, deya xabar bermoqda TASS.

Ijro etilishi majburiy hisoblangan mazkur hujjat ularning mablag‘lari va moliyaviy aktivlarini zudlik bilan muzlatish, terroristik tuzilmalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita qurol-yarog‘ yetkazilishiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qilib, shaxslar va tashkilotlarga yo‘naltirilgan vositalar, boshqa moliyaviy aktivlar va iqtisodiy manbalar oqimini to‘xtatish uchun samarali va natijaviy choralarni qo‘llashga chaqiradi.
Qayd etilishicha, IShIDga ko‘mak ko‘rsatayotgan shaxslar va tashkilotlar sanksiya ro‘yxatiga kiritiladi.

Avvalroq AQSh va Rossiya ekstremistik guruhlarni moliyalashga chek qo‘yishga chaqiruvchi BMT rezolyutsiyasini qabul qilishga intilayotgani ma'lum bo‘lgan edi. Bu esa mamlakatlarning terrorizmga qarshi kurash masalasida tutash nuqtasi topilganidan darak beradi.

Top