18:30 / 20.12.2015
3995

Luis Suares klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Bugun (20 dekabr, 2015 yil) klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda “Barselona” klubi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra Luis Suares eng yaxshi o‘yinchi deb topilib, unga oltin to‘p sovrin topshirildi. Uning jamoadoshlari Lionel Messi va Andres Inesta kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Ma'lumot uchun, Yaponiyada bo‘lib o‘tgan musobaqada Luis Suares 2 uchrashuvda 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Top