09:47 / 29.12.2015
3969

Xitoy Markaziy banki yuan kursini 4,5 yil ichidagi eng past ko‘rsatkichga tushirdi

Xitoy Xalq banki milliy valyuta – yuanning dollarga nisbatan kursini 114 bazis punktiga, ya'ni bir dollarga 6,4948 yuangacha tushirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Bu 2011 yil mayidan beri eng past ko‘rsatkich bo‘ldi.
14 dekabrda Xitoy Markaziy banki yuan kursini 2011 yil iyulidan beri eng past ko‘rsatkichga tushirgandi.
Noyabr oxirida Xalqaro valyuta jamg‘armasi yuanni jahon zaxira valyutalari ro‘yxatiga kiritish qarorini qabul qilgan.

Top