16:09 / 30.12.2015
9463

“Namangan yoshlar markazi”da Yangi yil shousi bo‘lib o‘tdi

“Namangan yoshlar markazi” tomonidan tashkil etilgan shou dasturi yoshlarga yangi yilda yangi orzular, yangi maqsadlar shukuhini olib keldi. Boisi, yoshlarning sevimli maskaniga aylanib ulgurgan, ko‘plab iqtidor va iste'dod egalarini o‘zida jam qilgan “Namangan yoshlar markazi” foydalanishga topshirilganiga bu yil 5 yil bo‘ldi.

Markazning 5 yilligi yangi “2016 yil – Sog‘lom ona va bola yili” bilan qo‘shaloq bayramga aylanib ketdi. Yuqori saviyada tashkil etilgan bayram dasturida markaz to‘garaklarining eng faol a'zolari, tashabbuskor yoshlar, turli tanlov va musobaqalar g‘oliblari, shuningdek, barcha to‘garak rahbarlari ishtirok etdi.

Yosh sportchilarning chiqishlari, yosh dizaynerlarning liboslar ko‘rgazmasi, sho‘x kuy-qo‘shiqlar, ajoyib raqslar va turli sahna ko‘rinishlari bayram tadbiriga o‘zgacha kayfiyat baxsh etdi. Ayniqsa turli ertak qahramonlari, qorbobo va qorqizning bezatilgan archa atrofidagi teatrlashtirilgan bir-biridan qiziqarli chiqishlari qo‘shaloq bayramni chin ma'noda ko‘tarinki ruhda o‘tishini ta'minladi.

Hojiakbar Pattayev, Saidakbar Mutalov

Top