09:52 / 08.02.2016
3940

Olti oylik qizcha Tayvanda qulagan bino tagida 30 soat qolib ketgandan keyin qutqarib olindi

Tayvanda yuz bergan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 34 kishiga yetdi, 120 kishi bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda.

Zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni ortib bormoqda. Taynan shahrida zilzila oqibatida butkul qulagan 17-qavatli bino ostidan 8 fevralga kelib 31 kishining jasadi chiqarib olingani ma'lum bo‘ldi.

Bino vayronalari tagida 120 dan ko‘proq odam qolmoqda, qutqaruvchilar umidni so‘ndirmasdan omon qolganlarni qidirishni davom ettirmoqdalar. 8 fevralda vayronalar ostida 30 soat qolib ketgan 6 oylik qizchani qutqarib olishga muvaffaq bo‘lindi.   

Top