12:01 / 22.02.2016
20638

Arb.uz - nima o‘zi u?

Arb.uz — Toshkent shahri va tumanlardagi barcha kafe, restoran, bar yoki tungi klublarni izlash uchun mo‘ljallangan mobil dastur bo‘lib, uning asosiy jihatlari quyidagilar:

—  Suratlarni 360 gradus burchak ostida tomosha qilish; bunda o‘zingizni xuddi bino ichida turgandek his qilasiz;

—  Bo‘sh o‘rinlar bor-yo‘qligini ko‘rish hamda ularni oldindan band qilish;

—  Ovqatlar menyusi bilan tanishish;

—  Taom buyurtma qilish va uning yetkazib berish xizmati bor yoki yo‘qligini aniqlash;

—  Bino xaritasidan stollar qanday joylashganini ko‘rish;

—  Mijozlar fikrini o‘qish;

—  Joylashuv o‘rni va aloqa ma'lumotlarini olish.

Shuningdek, Arb.uz dasturidan Wi-Fi hududi, bolalar maydonchasi, qo‘shiqlar jonli kuylanishi kabi qo‘shimcha qulayliklari bor joylarni ham izlash va topish mumkin.

Unda manzur bo‘lgan joylarni «Sevimlilar» ro‘yxatiga qo‘shib qo‘yish va keyinchalik oson topish imkoniyati ham mavjud.

Dasturning Android hamda iOS versiyalari bor va ular mutlaqo bepul.

Uni Google Play yoki App Store’dan yuklab olish mumkin. Buning uchun Arb.uz deb izlash kerak bo‘ladi.

Top