16:13 / 10.03.2016
2751

Serxio Aguero «Manchester Siti»dan qachon ketishini ma'lum qildi

«Manchester Siti» hujumchisi Serxio Aguero 2018 yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatidan keyin Yevropani tark etishga taraddudlanishi va jamoa bilan shartnomasi tugagach, Argentinaga qaytib, «Independente» jamoasida o‘ynay boshlash niyati haqida aytdi.

«Keyingi bir necha oydan menda «Siti» bilan yangi shartnoma tuzish-tuzmasligim haqida so‘rashadi, ammo shu vaqtgacha bunday savollarga javob qaytarmay kelardim. Aytishim mumkinki, 2018 yilda Rossiyada o‘tkaziladigan mundialdan keyin Argentinaga qaytishga tayyorlana boshlayman. 2019 yilda jamoam bilan shartnomam muddati tugaydi va men «Independente» safiga qaytaman.

«Manchester Siti»da menga hamisha yaxshi munosabatda bo‘lishgan va qaysidir jamoaga o‘tishni istab qolsam, bunga qarshilik ko‘rsatmasliklarini aytishgan.

Yevropaning qaysidir boshqa jamoasida o‘ynashim mumkinmi? Hech qaysisida. Amaldagi shartnomam yakunlangach, Argentinaga qaytaman va "El Roxo" uchun o‘ynay boshlayman», — deya ta'kidlaydi ayni vaqtda 27 yoshda bo‘lgan Aguero.

Top