14:26 / 27.03.2016
1247

Afg‘oniston sharqida IShIDning 10dan ortiq jangarisi yo‘q qilindi

Afg‘oniston sharqida hukumat harbiylari tomonidan o‘tkazilgan harbiy amaliyot natijasida IShIDning kamida 11 nafar a'zosi yo‘q qilingan. Bu haqda Hama agentligi mahalliy hukumat vakillariga asoslangan holda xabar tarqatgan.

Ma'lum qilinishicha, 26 mart kunining ikkinchi yarmida hukumat samolyotlari Nangarhar viloyati hududida havo zarbalari yo‘llagan. O‘ldirilgan jangarilar orasida xorijlik yollanma jangari ham bo‘lgan, uning fuqaroligi aniqlanmagan.

Ayni vaqtda Afg‘oniston sharqida o‘rnashib olgan IShID jangarilari soni 1 mingdan 3 ming nafargacha ekani aytiladi.

Mamlakatdagi vaziyat keyingi oylarda og‘irlashib bormoqda. Shu vaqtgacha, tog‘li hududlarda harakatlangan "Tolibon" jangarilari ham o‘z faoliyati ko‘lamini kengaytirib, tekislikdagi shaharlarni o‘z nazoratiga olish uchun harakatlar olib bormoqda.

Top