18:04 / 11.04.2016
3094

Dunyodagi eng uzun pitonning joni uzildi

Malayziyada dunyodagi eng uzun piton jon berdi. Bu haqda "Bi-bi-si" xabar tarqatgan.

7 aprel kuni ilonni Pinang orolidagi qurilish maydonidan topishgan. Piton urg‘ochisi qulagan daraxt tagida edi. Uning uzunligi - 8 metr, og‘irligi esa - 250 kilogrammdan iborat.

10 aprel kuni uning joni uzilgan.

Ginnesning rekordlar kitobiga ko‘ra, endilikda dunyoning eng uzun iloni AQShdagi Meduza to‘rli piton bo‘lib qolmoqda. Uning uzunligi - 7,67 metr, og‘irligi - 158 kilogramm.

Top