Londonning "Vest Hem" futbol klubi muxlislari "Manchester Yunayted" futbolchilari ketayotgan avtobusga hujum qilishdi. Avtobusga shisha idishlar va toshlar uloqtirilgan.
Noxush voqea sababli Angliya chempionatining 37-turi doirasida jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan uchrashuv "MYu" futbolchilari chigilyozdi mashqlarini bajara olishlari uchun birozga surildi. Uchrashuv soat 21:45da boshlanish o‘rniga 22:30 da boshlandi.
"MYu" futbolchilari raqib jamoa maydonida o‘tgan, chempionatning ko‘chirilgan 35-turi uchrashuvida 3:2 hisobida yutqazishdi.
Chempionatning tugashiga bir tur qolganda "MYu" 63 ochko bilan 5-o‘rinda qoldi, "Vest Hem" esa 62 ochko to‘plab, 6-o‘rinni egallab turibdi.