14:06 / 02.07.2016
6572

Afg‘oniston sharqida qo‘poruvchilik amalga oshirildi: qurbonlar bor

Afg‘oniston sharqidagi Nangarhar viloyatida hudkush-terrorchining o‘zini portlatib yuborishi kamida 2 kishining hayotiga zomin bo‘lgan, 17 nafar inson jarohatlangan. Bu haqda, TOLO News telekanali mahalliy hukumat vakillariga tayangan holda xabar qilmoqda. 

Viloyat gubernatori vakili Atoulloh Xogianiyning so‘zlariga ko‘ra, terakt Jalolobod shahrida, mahalliy faollardan biri Hayotullohning uyi yonida sodir etilgan. U, isyonchilar va jangarilarga qarshi chiqishi bilan tanilgan edi.

Hayotullohning o‘ziga ziyon yetmagan, ammo halok bo‘lganlar tinch aholi vakillari bo‘lishgan. 

Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Top