14:26 / 12.07.2016
7671

Pentagon rahbari Afg‘onistonga tashrif buyurdi

AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter e'lon qilmay Afg‘onistonga keldi. Bu yerda u mamlakat prezidenti Ashraf G‘aniy bilan uchrashadi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi. 

Xabarlarga ko‘ra, Karter samolyoti Afg‘oniston poytaxti Kobuldan 50 kilometr uzoqlikdagi Bagramda joylashgan Amerika qurolli kuchlari bazasi aerodromiga qo‘ngan. 

Pentagon rahbari shuningdek, Afg‘oniston hukumati rahbari Abdulla Abdulla bilan ham muzokaralar o‘tkazadi. 

Mavzuga oid
Top