Seşanba kuni Ukrainaga yordam beriş böyiça kontakt guruhining «Ramştayn» formati böyiça navbatdagi yiğilişida AQŞ mudofaa vaziri Lloyd Ostin Yevropadagi ittifoqçilarni AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyati garçi Vaşingtonda hozir qurollar yetkazib beriş uçun mablağ yöqligiga qaramay, hamon Ukrainani qöllab-quvvatlaşga sodiq ekaniga işontirişga urindi.

«Ukraina qöşini qiyin şaroit va oğir janglarga duçor böldi. Ukrainaning tinç aholisi Rossiya raketalari va Eron dronlarining muntazam zarbalaridan aziyat çekmoqda. Ammo Ukraina çekinmaydi, Qöşma Ştatlar ham. Şuning uçun bugungi murojaatimiz aniq: Qöşma Ştatlar Ukraina muvaffaqiyatsizlikka uçraşiga yöl qöymaydi. Bu koalitsiya Ukrainaga muvaffaqiyatsizlikka uçraşiga yöl qöymaydi va erkin dunyo Ukrainaga muvaffaqiyatsizlikka uçraşiga yöl qöymaydi», — degan AQŞ mudofaa vaziri Germaniyaning «Ramştayn» harbiy bazasidagi uçraşuv avvalida.

Şu bilan birga, Ostin Kongress bu maqsadlar uçun mablağ ajratişga şoşilmayotgan şaroitda Vaşington Ukrainani aynan qanday qilib qöllab-quvvatlamoqçi ekaniga aniqlik kiritmagan.

Uçraşuvdan keyingi matbuot anjumanida Ostin jurnalistlarga şunday degan: «Ukraina omon qolişi xavf ostida… Bizning ittifoqçilarimiz va hamkorlarimiz sa’y-harakatlarni oşirişda davom etmoqda, Qöşma Ştatlar ham şunday qilişi lozim».

Amerikalik rasmiylar moliyalaştirişdagi taqçillik allaqaçon Ukraina frontidagi vaziyatga jiddiy ta’sir körsatayotgani, Ukraina qurolli kuçlari çeklangan resurslar şaroitida harakatlanib, öq-dorilarni tejaşiga töğri kelayotganini tan olişadi.

«Öylaymanki, ittifoqçilar bizning moliyalaştiriş böyiça vaziyatimizdan yaxşi xabardor va biz ularni yetkazib bera olmayotganimiz tufayli (qurollar va öq-dorilar) taqçillikni boşdan keçirayotgan ukrainlar buni hammadan köra yaxşiroq tuşunişadi», — degan Reuters agentligi bilan suhbatda AQŞ mudofaa vazirligining şaxsini oçiqlaşni istamagan yuqori martabali mulozimi.

Ötgan haftada Bayden ma’muriyati Ukrainaga 300 mln dollar miqdoridagi harbiy yordam yuborişini ma’lum qilib, bunga Pentagonning harbiy şartnomalaridagi tejamkorlik hisobiga erişilganini qöşimça qilgandi.

Amerikalik mulozimlar AQŞ ma’muriyati hali yana qandaydir mablağ topa olişi mumkinligini istisno qilmaydi, ammo ular ta’kidlaganidek, bunday mablağ heç qanaqasiga Kongress tomonidan bloklangan, Ukrainaga 60 mlrd dollarlik yordam körsatişni közda tutuvçi qonun loyihasi örnini bosa olmaydi.

Seşanba kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyevdan turib koalitsiya mamlakatlariga qöşimça havo hujumidan mudofaa vositalari yetkazib beriş iltimosi bilan murojaat qildi. Uning sözlariga köra, rus qöşini mart oyining özida Ukrainaga qarşi 130 raketa, 320 dan ortiq zarbdor dronlar va qariyb 900 ta boşqariluvçi aviabombalar qöllagan.