09:00 / 16.07.2016
5633

Istanbul aeroporti faoliyati tiklandi

Davlat to‘ntarishiga urinish boshlangan vaqtda faoliyati to‘xtatilgan Istanbul shahridagi Otaturk xalqaro aeroportiga Turkish Airlines aviakompaniyasi samolyoti kelib qo‘ndi.

Istanbul shahrida isyonchi harbiylar paydo bo‘lganidan keyin Yevropada kattaligi bo‘yicha uchinchi o‘rinda turuvchi ushbu aeroport yopib qo‘yilgandi. Anadolu axborot agentligi xabariga ko‘ra, bugun Toshkent vaqti bilan soat 08:00da reyslarni qabul qilish boshlangan.

"TK1984 reysi Londondan uchib kelib, Istanbulga qo‘ndi", deyilgan Flightradar24 portali tvitterida.

Top