«Spartak» jamoasi direktorlar kengashi Massimo Karrerani jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlash qaroriga kelishdi.
52 yoshli italiyalik mutaxassis 2016 yilning iyulida klub tizimida ish boshlagandi. 5 avgust kuni Dmitriy Alenichev iste'foga chiqarilgach, bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.
Xabar qilinishicha, Karrera rahbariyat bilan "1+2" shaklida shartnoma tuzgan.
Bundan oldinroq, «Spartak» «Rostov» murabbiyi Qurbon Berdiyev bilan kelisha olmagani xabar qilingandi.
Ma'lumot uchun, Karrera Rossiyaga kelishdan oldin Italiya terma jamoasida hamda «Yuventus»da Antonio Kontega yordamchilik qilgan.