09:40 / 24.08.2016
48777

Toshkent Rio–2016 qahramonlarini kutib oldi (Foto va videolar)

Rio-de-Janeyrodan qaytgan O‘zbekiston olimpiyachilari Toshkent aeroportida kutib olindi.

Aeroportning «Toshkent-3» terminalida chempionlarni ularning ota-onalari va boshqa yaqinlari, O‘zbekiston bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi rasmiy shaxslar, Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari Mirabror Usmanov, jamoatchilik arboblari, faxriylar va boshqa ko‘plab muxlislar qarshi olishdi.

Toshkent aholisi Rio qahramonlarini  qarshi olish uchun ko‘chalarga chiqdi.

Sportchilar minglab sport ishqibozlari kutib turgan Bobur, Nukus, Afrosiyob, Sharof Rashidov va Navoiy ko‘chalari bo‘ylab Tashkent City Tour avtobuslarida o‘tib MOQ binosiga qadar borishdi.

Toshkentning asosiy ko‘chalari bo‘ylab mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan avtomobillar harakatlanadi, ko‘chalarda «O‘z-be-ki-ston!» hayqiriqlari yangradi.

 

Mavzuga oid
Top