Kurskda xavfsizlik nuqtayi nazaridan 9 may kunidagi harbiy parad bekor qilindi, deb xabar berdi Kursk viloyati gubernatori Roman Starovoyt. U bu ötgan haftada terrorizmga qarşi kuraşni kuçaytirişga qaror qilgan mintaqaviy ştabning pozitsiyasi bilan boğliqligini aytdi. «Uşbu qarorni inobatga olgan holda, biz 9 may kuni harbiy parad ötkazmaslikka qaror qildik», dedi Starovoyt 10 aprel, duşanba kuni bölib ötgan haftalik yiğilişda.
Gubernator keyinroq «Ölmas polk» aksiyalari qaysi formatda va aynan qayerda ötkazilişi haqida ma’lumot taqdim etişga va’da berdi.
Ötgan haftada Belgorod viloyatida 9 may kungi parad bekor qilindi. Gubernator Vyaçeslav Gladkov buni «duşmanni qözğatişni» istamasligi bilan izohladi. «Belgorod markazida katta miqdorda texnika va harbiy xizmatçilar töplansa, bu duşmanni qöşimça harakatlarga qözğatişi mumkin, şuning uçun parad ötkazilmaydi», dedi u.
Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi fonida Ukraina bilan çegaradoş Kursk, Belgorod va Bryansk viloyatlari hududlari tez-tez öqqa tutilmoqda. Yaqinda, 1 aprel kuni Kursk viloyatining Dronovka qişloğidagi madaniyat uyi tomiga drondan portlovçi qurilma uloqtirildi. Ertasi kuni Kursk viloyatining Sudjanskiy tumanida, Nikolayevo-Darino qişloğida minomyot hujumi natijasida yetti kişi yaralandi. 5 aprel kuni navbatdagi öq uzilişi natijasida bir qança qişloqlar elektr ta’minotisiz qolgan edi.
Moskvada 9 may kungi parad rejaga muvofiq bölib ötadi, biroq unda kuçaytirilgan xavfsizlik çoralari köriladi, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.












