11:23 / 06.09.2016
4571

Singapurda denge bezgagiga chalinganlar soni 11,3 mingdan oshdi

Foto: Exclusive

Singapurda denge bezgagiga chalingan kishilar soni 11,3 mingdan ortdi va bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu haqda Channel NewsAsia xabar tarqatgan.

O‘tgan yili respublika bo‘yicha bu xastalik 11,2 ming kishida qayd etilgandi. O‘tgan haftada kasallik bilan bog‘liq yana 311 yangi holat aniqlandi.

Bemorlarning 7 nafar vafot etgan.

Bundan tashqari, mutaxassislar yil  yakunida denge bezgagi bilan og‘rigan xastalar soni 30 ming nafardan ortishi mumkinligini istisno etmayapti.

Shu bilan bir vaqtda Singapur sog‘liqni saqlash vazirligi yana 16 kishi Zika virusini yuqtirganini ma'lum qilgan. Bu virusga chalinganlar soni 258 nafarni tashkil qilmoqda.

Zika, denge va chikungunya bezgaklarini Aedes aegypti chivinlari tashib yuradi. Ushbu chivinlarning chaqishidan saqlanish va ularning ko‘payish joylarini yo‘q qilishga chaqiriladi. Ekspertlarning fikricha, Zika virusiga qarshi vaksinani yaqin uch yil ichida kutmasa ham bo‘ladi.

Mutaxassislar Singapurni bu viruslar tarqalishi oson bo‘lgan hudud sifatida hisoblashadi. Kichik bu hudud aholisi ko‘p, havo harorati +30 darajadan tushmaydi, namlik yuqori.

Mavzuga oid
Top