Özbekiston TIV delegatsiyasining Singapurga amalga oşirgan taşrifi doirasida ikki davlat taşqi işlar vazirliklari örtasida siyosiy maslahatlaşuvlar 3-davrasi bölib ötdi hamda Sanoat va savdo vazirligi, Singapur Biznes federatsiyasi, Indorama Corporation va Wilmar International kompaniyalarida uçraşuvlar ötkazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

TIV ma’lumotiga köra, tomonlar delegatsiyalariga Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Bobur Usmonov va Singapur taşqi işlar vaziri örinbosari Kevin Çok boşçilik qildi.

Muzokaralar çoğida Özbekiston-Singapur hamkorligining holati va uni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi. 2023 yilning yanvar oyida Singapurga va may oyida Özbekistonga amalga oşirilgan oliy darajadagi taşriflar yakunlari böyiça erişilgan kelişuvlar ijrosini jadallaştirişga alohida e’tibor qaratildi.

Uçraşuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni mustahkamlaş uçun mavjud salmoqli salohiyatni röyobga çiqarişdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekani tasdiqlandi. Ikki mamlakat qonun çiqaruvçi organlari örtasidagi aloqalarni kengaytiriş zarurligi ta’kidlandi. Parlamentlararo muloqotni çuqurlaştiriş umumiy kun tartibidagi barça sohalardagi aloqalarni faollaştirişga xizmat qilişi qayd etildi. Madaniy-gumanitar va sayyohlik almaşinuvlarini jadallaştiriş böyiça takliflar körib çiqildi.

BMT va boşqa xalqaro institutlar doirasida özaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almaşildi.

Savdo va sanoat vazirligi hamda Singapur Biznes federatsiyasida bölib ötgan uçraşuvlarda ikki davlat işbilarmon doiralari örtasidagi aloqalarni kengaytiriş, jumladan, milliy mahsulotlar körgazmalari, seminarlar va iqtisodiy salohiyat taqdimotlari taşkil etiş böyiça qöşma çora-tadbirlar körişga kelişib olindi.